Ikki yilda uch marta qoʻzilaydigan qoʻylar
Rustam Samandarov Olot tumanidagi “Chovdur” mahallasining old tadbirkorlaridan. Qish – qirovli shu kunlarda uning chorva fermasidagi binolardan birida yam-yashil maysalar barq urib oʻsayapti. Buni koʻrgan kishi dafʼatan ajablanishi mumkin. Ammo hayron boʻlarli joyi yoʻq. Ishbilarmon maxsus binoda donni namlatgan holda gidroponika usulida yashil ozuqa yetishtirishmoqda.
Hisob-kitoblarga qaraganda, bir kilogramm bugʻdoydan yetti kilogramm “yashil ozuqa” yetishtirish mumkin. Atigi yetti- sakkiz kunni talab qiladigan bu usul sharofati bilan oʻnlab gektar ekin maydonini, suvni tejab qolish imkoniyati yuzaga kelayapti. Negaki, gidroponikada suv ekinning ildiz qismiga berilsa, kifoya. Qolaversa, bunday usulda yetishtirilgan ozuqa juda toʻyimli. Uning chorva mollarida hazm boʻlish darajasi 90 – 95 foizni tashkil etadi. Boshqacha aytganda, ozuqa nishxoʻrdga chiqmaydi.

Aytmoqchi, R. Samandarovning fermasida “Arashan” zotiga mansub 100 boshdan ziyod qoʻy boqilayapti. Ularning biz koʻrib odatlangan qoʻylardan farqi shundaki, ular ikki yil davomida uch bor qoʻzilaydi. Shunday zotli uch oylik qoʻzining bozordagi bahosi esa toʻrt million soʻmdan kam emas.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring