Ikki hududda uch nafar “valyutchik” qoʻlga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Romitan tumani boʻlim va Buxoro viloyati IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Xabarda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar K.R. va A.H. fuqaro F.R.dan 4 ming 500 AQSH dollarini 56,2 million soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Shu kabi yana bir holat departamentning Sirdaryo tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.
Unga koʻra, fuqaro R.U. fuqaro X.X.dan 4 ming AQSH dollarini 49 million soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring