Ikki hududda sifatsiz tamaki mahsulotlari savdosi toʻxtatib qolindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quvasoy shahri boʻlimi va Bojxona xizmati xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan M.V. “Haval” rusumli avtomashinasida xorijda ishlab chiqarilgan umumiy bahosi 64,7 million soʻmlik 2 ming quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini Fargʻona shahrida sotish maqsadida olib kelayotgan vaqtida qoʻlga olingan.
Shundan soʻng, ushbu tamaki mahsulotlari tezkor tadbir xodimlari tomonidan ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Shu kabi yana bir holat, departamentning Sergeli tumani boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.
Unga koʻra, “S.D.” MCHJ savdo doʻkoni sotuvchisi I.E. elektron tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelganligi aniqlanib, ushbu savdo doʻkonidan xorijda ishlab chiqarilgan 30 turdagi 259 dona elektron tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring