Ikki hududda noqonuniy yer savdosi fosh etildi
Foto: Prokuratura departamenti
Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarida yer maydonlarini sotish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Aniqlanishicha, fuqaro K.M. Jarqoʻrgʻon tumani “Guliston” MFY hududidagi davlat zaxirasidagi 70 sotix yer maydonini fuqaro Sh.A.ga 170 mln soʻmga sotishga kelishgan. Shundan soʻng yer maydoni hujjatlarini goʻyoki kadastrlar filialida ishlovchi tanishi orqali rasmiylashtirib berishni aytib, 170 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Fargʻona viloyatining Rishton tumanida esa fuqaro A.A. oʻziga ajratilgan dehqon xoʻjaligiga moʻljallangan jami 15 sotix sugʻoriladigan yer maydonining toifasini 22,5 ming dollar evaziga fuqaro Oʻ.O.ning nomiga turar-joy sifatida oʻzgartirib berishini aytgan. U kelishilgan puldan 12 ming dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring