IIV tuzilmasida Jamoat xavfsizligi departamenti tashkil etildi

22:08 30 Noyabr 2021 Hujjatlar
4855 0

Arxiv surat

Ichki ishlar vazirligi Joriy yilning 29-noyabr kuni Oʻzbekiston Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Hujjatga koʻra, Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida Jamoat xavfsizligi departamenti tashkil etildi va quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari etib belgilandi:

ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi boʻlinmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish, kompleks tahlil qilish hamda ularga amaliy-uslubiy yordam koʻrsatish;

jamoat tartibini saqlash faoliyatini tashkil etish, jamoat joylarida aholining xavfsizligini taʼminlashda ichki ishlar organlari kuch va vositalarini samarali boshqarish choralarini koʻrish;

ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyatini taʼminlash, profilaktik hisob va maʼmuriy nazoratdagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish ishlarini tashkil etish;

voyaga yetmaganlar va yoshlar, ayniqsa ularning uyushmagan qismi bilan manzilli tarbiyaviy va profilaktik chora-tadbirlarni samarali tashkil etish orqali ular orasida huquqbuzarliklarning oldini olish;

yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash faoliyatini tashkil
etish
, yoʻl-transport hodisalarining barvaqt oldini olish, transport vositasini boshqarishga doir cheklovlarga rioya etilishini nazorat qilish;

ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni ijro etishni taʼminlash, probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvorini nazorat qilish, ijtimoiy moslashtirish va qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish ishlarini tashkil etish.

Departament va uning hududiy boʻlinmalari tarkibiga jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, yoʻl harakati xavfsizligi va probatsiya xizmatlari kiritiladi.

Jamoat tartibini ommaviy buzish holatlarida vakolatli idoralarning faoliyatini umumiy muvofiqlashtirish vazifasi aynan Departament zimmasiga yuklatiladi.

Uning qoshida yagona idoralararo boshqaruv shtabi tashkil etilishi belgilanmoqda.

Oldinroq, Prezident Farmoni bilan Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi hamda 2022-2025-yillarda Oʻzbekistonda jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер