Ichki kema yoʻllarida faqat Oʻzbekiston bayrogʻi ostida suzishga yoʻl qoʻyiladi

Hukumat qarori (462–son, 11.09.2023-y.) bilan Oʻzbekiston Respublikasining ichki kema yoʻllarida suzish qoidalari tasdiqlandi.
Qoidalar Oʻzbekistonning kema qatnaydigan suv yoʻllarida hamda tabiiy va sunʼiy barpo etilgan suv havzalarida kemalar harakatlanishining yagona tartibini belgilaydi.
Ichki kema yoʻllarida faqat Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi ostida suzishga yoʻl qoʻyiladi.
Kema egalari quyosh botishidan chiqqunga qadar (tunda) hamda koʻrinish cheklangan vaqtda (tuman, chang-toʻzon, kuchli yogʻingarchilik) navigatsiya chiroqlaridan foydalanishlari shart.
Navigatsiya belgilaridan quyosh chiqqandan botgunga qadar (kunduz kuni) foydalaniladi.
Suv havzalarida baliq ovlash anjomlari bilan turgan, toʻrlarni oʻrnatayotgan yoxud tashlangan toʻrlar bilan oqim boʻyicha harakatlanuvchi kemalarda tunda oʻng qirgʻoqda ishlash vaqtida gorizont boʻylab 360 gradusda koʻrinadigan vertikal joylashgan ikkita qizil, chap qirgʻoqda - ikkita oq chiroq, kunduz kuni tegishli ikkita qizil va ikkita oq bayroq boʻlishi shart.
Uzunligi 7 metr va undan ortiq boʻlgan mexanik dvigatelga ega kemalar hamda suv tubini chuqurlashtiruvchi zemsnaryadlar davomli va qisqa tovushli signallar beruvchi qurilmalarga ega boʻlishi shart.
Kemalardan oʻzib ketish manevrlari oʻzib ketilayotgan kemaning (tarkibning) chap borti tomonidan amalga oshirilishi shart.
Quvvati 300-400 ot kuchiga ega boʻlgan har bir shatakka oluvchi kemada 200 metrdan kam boʻlmagan, quvvati 100-180 ot kuchiga ega boʻlgan kemada 75 metrdan kam boʻlmagan zanjirlar boʻlishi shart.
Chegara hududlarida suzish Xalqaro bitimlar va Oʻzbekistonning chegara hududlarida faoliyat yuritishni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari hamda mazkur qoidalar bilan tartibga keltiriladi.
Gorizont boʻylab koʻrinish masofasi 1 kmdan kam boʻlganda kemalarning harakatlanishi taqiqlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring