Ichki yoʻllar taʼmirlanmoqda
Odilbek Odamboyev/“Xalq soʻzi”. Oʻtgan yil Xorazm viloyatida barcha dasturlar doirasida 1175 km avtomobil yoʻllarida 515 mlrd soʻmlik taʼmirlash ishlari bajarildi. Jumladan, “Mening yoʻlim”, “Tashabbusli byudjet” loyihalari asosida shuningdek, “Obod xonadon, obod koʻcha, obod mahalla” mezonlari asosida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida koʻplab mahallalardagi yoʻllar asfalt qilindi. Ichki xoʻjalik yoʻllariga qum-shagʻal aralashmasi yotqizildi.

Ichki yoʻllarni taʼmirlash ishlari boshlanishi munosabati bilan Bogʻot tumanida oʻtkazilgan koʻrgazmali seminarda soha mutaxassislari, “Mahalla yettiligi” vakillari ishtirok etdi. Tumanda bu yil jami 90 km uzunlikdagi yoʻllarga asfalt yotqizish va shagʻallashtirish rejalashtirilgan.

— Ichki yoʻllarni taʼmirlash xalqni rozi qiladigan muhim masalalardan biri hisoblanadi, — deydi “Nuroniy” jamgʻarmasi Bogʻot tuman boʻlimi raisi Xudoyor Omonov. — Aholi murojaatlaridan kelib chiqib, eng taʼmirtalab yoʻllar tanlab olindi. Bu ishlar yakuniga yetgach, tumandagi qator mahallalar aholisi, piyodalar va avtotransport vositalarining erkin harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring