Husanov aql bovar qilmas darajada harakat qildi — Gvardiola
Kecha, Angliya Premyer ligasining 21-turidan oʻrin olgan bahsda “Manchester Siti” oʻz maydonida “Brayton” jamoasi bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi. Ushbu oʻyindan soʻng “shaharliklar” ustozi Pep Gvardiola mazkur bahsda himoyada harakat qilgan Abduqodir Husanov va Maks Alleynni alohida taʼkidlab oʻtdi.
“Ular nihoyatda yaxshi oʻynashdi. Abduqodir aql bovar qilmas darajada harakat qildi. Uning uzun uzatmalari bizga koʻp yordam berdi. U butun maydonni boshqarib turdi. U hali ulgʻayadi. U koʻproq hujumlarni tashkil etishda ishtirok etishi lozim, bu esa faqatgina vaqt masalasi. U bugun eng yaxshi oʻyinchi boʻldi.
Maks ikki kun oldin keldi va kecha biz bilan atigi bittagina mashgʻulot oʻtkazdi. Albatta, u ilgari biz bilan koʻp mashgʻulot oʻtkazgan. Men “Uotford” va Xavi Grasiyaga minnatdorchilik bildiraman, ular uning futbolchi sifatida oʻsishiga yordam berishdi.
Afsuski, bugungi uchrashuvda gʻalaba qozonmadik, biroq hali bizning gʻalabalarimiz oldinda”, deb fikr bildirdi murabbiy.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring