Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda faol ishtirok etganlar ragʻbatlantiriladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda koʻrib chiqilyapti.
Taʼkidlanganidek, qonun loyihasi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi ayrim qonun va qonunosti hujjatlarini tizimlashtirish va unifikatsiya qilish nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasi 8 ta bob, 84 moddadan iborat. Unda huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy tushunchalari, turlari, huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar vakolatlari, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda ishtirok etuvchi organ va muassasalar hamkorligi belgilanmoqda.
Mazkur qonun loyihasi bilan huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish faoliyatini muvofiqlashtirish, huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi ishlarning samaradorligini tashkil etish borasida idoralararo komissiyalar faoliyatini tashkil etish, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda faol ishtirok etganlarni ragʻbatlantirish tartibi belgilanmoqda.
Deputatlarning taʼkidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi qonun va qonunosti hujjatlarini unifikatsiya qilish va tizimlashtirishga, huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyatning koʻrinishi, mohiyati, mazmuni va prinsiplarini oʻzgartirib huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan fuqarolik jamiyati institutlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning kuchayishiga xizmat qiladi.
Qizgʻin muhokamalardan soʻng qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring