Hukumat “tonirovka”ga ruxsatnoma olishga doir qaror qabul qildi
“Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2021-yil 1-oktyabrdan avtotransportlar oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmati faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali koʻrsatiladi.
Qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga koʻra, avtotransportlar oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish) ishlari avtotransport vositasi egasi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Avtotransport orqa oynasining tusini yorugʻlik oʻtkazuvchanligi cheklanmagan darajada oʻzgartirish (qoraytirish), shuningdek, old oynasining tepa qismi tusini 14 sm dan koʻp boʻlmagan polosa shaklida yorugʻlik oʻtkazuvchanligi cheklanmagan darajada oʻzgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.
Ruxsatnoma 1 yil muddatga beriladi.
Ariza beruvchi tomonidan ruxsatnoma uchun toʻlov 10 kun muddatda amalga oshiriladi.
Ruxsatnoma avval berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddatigacha qayta rasmiylashtiriladi.
YAIDXP orqali ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilgani uchun toʻlov undirilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring