Hukumat yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga oid qaror qabul qildi
“Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirish shakllari boʻyicha ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, quyidagilar tasdiqlandi, jumladan:
Oʻzbekiston Respublikasida voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylik organi toʻgʻrisidagi nizom;
Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylik belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni farzandlikka olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
Bolalar uylari toʻgʻrisidagi nizom;
Mehribonlik uylari toʻgʻrisidagi nizom;
Kichik hajmli bolalar uylari toʻgʻrisidagi nizom.
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olgan tutingan ota-onalarga har oylik toʻlovlar toʻlash hamda bolalarni kiyim-bosh va poyabzal bilan taʼminlash xarajatlari 2025-yildan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga respublika byudjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
2025-yil 1-fevraldan tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar masalalari boʻyicha vasiylik va homiylik boʻyicha komissiyalar faoliyati tugatiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring