Homiladorlikni nazorat qiluvchi tabletkalardan uzoq muddat foydalanishning xavfli tomonlari aniqlandi
Illyustrativ foto
Desogestrelni oʻz ichiga olgan homiladorlikni nazorat qiluvchi tabletkalardan uzoq muddat foydalanish miya shishi — meningiomaning rivojlanish xavfini biroz oshirishi mumkin.
Shunday xulosaga Fransiya dori vositalari agentligi mutaxassislari tomonidan kelindi. Olimlar 92 mingdan ortiq ayolning tibbiy maʼlumotlarini tahlil qilishdi. Ular desogestrelni uzluksiz uzoq muddatli (besh yildan ortiq) qoʻllagan. Maʼlum boʻlishicha, 17 mingdan bir holatda miyada shish paydo boʻlish xavfi aniqlangan. Qisqa muddatli foydalanishda meningiomani rivojlanish ehtimoli 67 mingdan bittani tashkil etgan.
Meningioma — miya atrofidagi pardalarda va kamdan-kam hollarda orqa miya mintaqasida hosil boʻladigan oʻsma. Ular miya va orqa miyani himoya qiladi. Olimlarning taʼkidlashicha, meningiomalar odatda xatarli emas, lekin nevrologik kasalliklarga olib kelishi mumkin va koʻpincha jarrohlik yoʻli orqali davolanishni talab qiladi.
Taʼkidlanishicha, xavf preparatni qabul qilishni toʻxtatgandan keyin bir yil ichida yoʻqoladi. Shu bilan birga, shunga oʻxshash kontratseptiv vosita — levonorgestreldan uzoq muddat foydalanilganda meningioma xavfi ortishi aniqlanmagan.
Mualliflarning taʼkidlashicha, desogestreldan uzoq muddatli foydalanish ehtiyotkorlik va muntazam tibbiy nazoratni talab qiladi. Olimlar, shuningdek, kontratseptiv vositalardan mustaqil ravishda voz kechmaslikka, balki shifokor bilan birgalikda qaror qabul qilishga chaqiradilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring