Hisobot-saylov konferensiyasi

Odilbek ODAMBOYEV/“Xalq soʻzi”. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyat Kengashining IX hisobot-saylov konferensiyasi ish boshladi. Anjumanda kasaba uyushma tashkilotlaridan saylangan delegatlar, shuningdek, yirik ish beruvchilar ishtirok etmoqda. Konferensiyada soʻzga chiqqanlar kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan mehnatkashlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, mehnat va dam olish huquqlarini kafolatlash borasida amalga oshirilgan ishlarga toʻxtaldi.
— Keyingi yillarda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Orolboʻyi aholisini ijtimoiy himoyalash, mazmunli dam olishini tashkil qilish va sogʻlomlashtirishga qaratilgan qator loyihalar muvaffaqiyatli roʻyobga chiqarildi, — deydi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyat Kengashi raisi Gulsara Qurbonboyeva. — Jumladan, oʻtgan yil 150 mlrd soʻm mablagʻ evaziga “Xonqa” sanatoriyasining yangi binosi, bu yil 47 mlrd soʻm mablagʻ sarflanib Qoʻshkoʻpir tumanidagi “Humo” oromgohining binosi qurib foydalanishga topshirildi. Yaqinda Toshkentdagi “Kasaba uyushmalari saroyi”da “Xorazm suvora kechasi” madaniy tadbiri yuqori saviyada oʻtkazildi. “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” shiori ostida ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarimiz davom etmoqda. Bunday misollarni koʻplab keltirish mumkin.
Viloyat hokimligi, Kasaba uyushmalari viloyat kengashi va Savdo-sanoat palatasi oʻrtasida tuzilgan 2023–2025-yillarga moʻljallangan hududiy jamoa kelishuvi xodimlarning huquqiy va ijtimoiy himoyasini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugunga kelib viloyatda 7 ming 437 ta jamoa shartnomalari orqali 410 ming nafardan ziyod xodimlarning manfaatlari himoya qilinmoqda. Jamoa shartnomalari shartlarini bajarish uchun har bir xodimga 2020-yilda oʻrtacha hisobda 2 million 426 ming soʻm mablagʻ sarflangan boʻlsa, bugungi kunda bu koʻrsatkich 6 million 523 ming soʻmga yetgani kasaba uyushmalari va davlat tashkilotlari oʻrtasidagi yaqin hamkorlik samarasidir.
Konferensiya oʻz ishini davom ettirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring