Hindiston Hoʻrmuzda tankerlarini himoya qilmoqda
Hindiston harbiy-dengiz kuchlari mintaqadagi keskin vaziyatga qaramay, Hoʻrmuz boʻgʻozi orqali ikkita suyultirilgan gaz tankerini kuzatib borishdi.
Times of India nashriga koʻra, gap Hindiston sanoati uchun yoqilgʻi tashiydigan Hindistonning “Shipping Corporation” davlat kompaniyasining kemalari haqida ketmoqda.
Yana bir hind tankeri Fors koʻrfazi hududida qolgan va harbiy kema himoyasida. Jurnalistlarning soʻzlariga koʻra, eskort Hindiston 2019-yilda mintaqadagi savdo kemalarini himoya qilish uchun boshlagan “Sankalp” operatsiyasi doirasida amalga oshiriladi. Operatsiyada dengiz floti kemalari va aviatsiya ishtirok etadi. Fors koʻrfazi davlatlari hududida bir necha oʻnlab hind kemalari va minglab harbiy xizmatchilar bor.
Hindiston dunyodagi eng yirik neft isteʼmolchilaridan biri hisoblanadi va energiya importiga juda bogʻliq, Shuning uchun Hoʻrmuz boʻgʻozi orqali yuk tashish xavfsizligi mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega.
Maʼlumot uchun, Hoʻrmuz boʻgʻozidagi vaziyatni xavfsiz saqlash uchun AQSH prezidenti koalitsiya tuzish payida va koʻplab davlatlar unga qoʻshilishdan bosh tortgan. Jumladan, Hindiston ham yakka oʻzi tankerlarini himoya qilishini bildirgan. Hozirda mintaqadagi AQSH va Isroil hujumlari sabab Eron boʻgʻozni yopib qoʻygan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring