Hid sezish qobiliyati yoʻqolishi — koronavirusning asosiy alomati

21:15 03 Oktyabr 2020 Jamiyat
1600 0

London Universitet kolleji (UCL) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni aniq koʻrsatdiki, hid sezish yoʻqolishi koronavirus infeksiyasining nihoyatda aniq va balki asosiy alomatidir.

Aprel oyida shifokorlar taʼm yoki hid sezish qobiliyatining yoʻqolishi infeksiyalanishdan darak berishi mumkinligini anglab yetishgandi, may oyi oʻrtalariga kelib esa bu koronavirus alomati ekani rasmiy tan olindi.

Amaldagi qoidalarga muvofiq, bunday alomat kuzatilgan odamlar darhol oʻzini yakkalash tartibiga oʻtishi va koronavirusga tahlil topshirishi kerak. Biroq hanuz yoʻtal va yuqori isitma asosiy belgi sifatida hisoblab kelingan.

Yil boshida hid sezish qobiliyatini yoʻqotgan 590 kishini tekshirgan UCL mutaxassislarining fikriga koʻra, endilikda aynan hid sezish qobiliyati yoʻqolishini kasallik yengil shaklda oʻtsa ham, virus yuqtirishning asosiy alomati deb hisoblash zarur.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?