Hech kim eʼtibordan chetda qolmaydi

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Bir hovuch mehr insonning hayotga boʻlgan zavqini oshiradi. Izboskan tumani “Istiqlol” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi xonadonlardan birida yashovchi 1-guruh nogironi Margʻubaxon Toshboyeva bilan suhbatlashgach, bunga yana bir bor amin boʻldik.
— Avvallari masʼul idora vakillari faqat Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan holimizdan xabar olardi, — deydi M.Toshboyeva. — Hozirgi vaqtga kelib eʼtibor va munosabat tubdan oʻzgardi. Mahallada ijtimoiy xodimlar faoliyati tashkil etilgach, ular har kuni xonadonimizda boʻlib, bizga amaliy yordam beryapti.
Margʻubaxon mustaqil harakatlana olmagani tufayli hayotning koʻplab cheklovlariga duch kelgan. Shu bois ertangi kunga boʻlgan ishonch va umidi ham soʻnadi, oldinga qarab intilishdan toʻxtaydi.
— Aslida imkonsiz insonning oʻzi yoʻq, — deydi mahalla ijtimoiy xodimi Saidislom Saidahmedov. — Margʻubaxonning turmush sharoitini oʻrganib, imkoniyatlari bilan tanishish jarayonida moddiy va maʼnaviy koʻmakka muhtojligini sezdik. Shu bois birinchi galda yashash uchun qulay sharoit yaratishga qaror qildik. Shundan soʻng tibbiy va moddiy yordam koʻrsatish ishlari amalga oshirildi. Uning jamiyatdagi faolligini taʼminlash maqsadida turli tadbirlarga jalb eta boshladik. Tikuv mashinasi bilan taʼminlaganimizdan keyin chevarchilik orqali mijozlarga xizmat koʻrsatishni boshladi. Bir soʻz bilan aytganda, bir umr oʻtirgan oʻrnidan qoʻzgʻala olmagan ayol endilikda jamiyatning faol fuqarolaridan biriga aylandi.
“Istiqlol” mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar soni 90 ta boʻlib, ijtimoiy xodim tomonidan ularga 51 xil turdagi xizmatlar koʻrsatilmoqda. 2024-yildan joriy yilning shu davriga qadar 460 ta arizalarning ijobiy yechimi taʼminlandi. Bu inson omiliga boʻlgan eʼtibor jamiyatning eng quyi qismidan nish ura boshlagani samarasidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring