Hech bir 1-sinf oʻquvchisi Prezident sovgʻasisiz qolmaydi, xavotirga oʻrin yoʻq! — XTV
Xalq taʼlimi vazirligiga ayrim hududlarda 1-sinf oʻquvchilariga Prezident sovgʻalari yoki uning tarkibidagi ayrim oʻquv qurollari yetib bormagani haqida xabarlar kelib tushmoqda. Xalq taʼlimi vazirligi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qildi:
«Afsuski, pandemiya yangi oʻquv yili boshlanishining soʻnggi kunigacha baʼzi ota-onalar tomonidan farzandlarini hujjatlarini topshirishini kechiktirdi, shu bilar birga baʼzi yetkazib beruvchilarning kechikishiga ham olib keldi.
Bu esa oʻz-oʻzidan sovgʻalarni hisob-kitob qilishda va toʻliq qilib yetkazishda muammolarni yuzaga keltirdi.
Xalq taʼlimi vazirligi ota-onalardan vaziyatni toʻgʻri qabul qilishlarini va tez kunda sovgʻalar har bir bolaga yetib borishi taʼminlanishini maʼlum qiladi. Sovgʻalarni ichidagi baʼzi yetmay qolgan oʻquv qurollari joyiga qaytadan yetkazilib, tarqatiladi.
Bir hafta davomida mazkur holat toʻliq inventarizatsiya qilib chiqiladi, agar shundan soʻng ham farzandingizga sovgʻa yoki darslik yetib bormasa Xalq taʼlimi vazirligining 71 202 09 09 Ishonch telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz soʻraladi».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring