“Haj – 2024” mavsumidan yurtdoshlarimiz qachon qaytishi maʼlum boʻldi
“Haj – 2024” mavsumi nihoyasiga yetkazayotgan ziyoratchilarimiz joriy yilning 22-iyun – 12-iyul kunlari yurtimizga qaytib keladi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasining “Muslim.uz” portali maʼlum qildi.
“Yurtdoshlarimiz Jidda shahridan Oʻzbekistonning 10 ta hududi – Toshkent, Namangan, Fargʻona, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Navoiy, Nukus va Urganch shaharlariga «Uzbekistan Airways”ning toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlari orqali parvoz qilib, qaytib keladilar", deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, ayni paytda qariyb 12 ming nafar yurtdoshimiz Saudiya Arabistonida boʻlib turibdi. Ular joriy yilning 23-maydan 7-iyun kuniga qadar respublikaning 10 ta hududiy xalqaro aeroportidan muqaddas haj ziyoratiga joʻnab ketishgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring