Harbiylarga yangi uylar topshirildi
Odilbek ODAMBOYEV/“Xalq soʻzi”. Soʻnggi yillarda milliy armiyani isloh qilish, mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, harbiy kadrlar tayyorlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda harbiylarga oʻz xizmat vazifalarini bekam-u koʻst ado etishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilayotir.
Xorazm viloyatining Bogʻot tumanida chegarani qoʻriqlash vzvodi harbiylari uchun yangi xizmat uylari va 25 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Loyiha qiymati 4 mlrd. soʻm boʻlgan ushbu bino qurilishi “Niyozmat zargar” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirildi. Shuningdek, Qoʻshkoʻpir tumanining “Gʻazovot” chegara posti harbiylari uchun ham 8 ta xonadondan iborat xizmat uyi barpo etildi.

Yangi turarjoylarning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirlarda viloyat hokimi, harbiy-maʼmuriy sektor rahbari Joʻrabek Rahimov ishtirok etib, harbiy xizmatchilar va ularning oilalari uchun yaratilayotgan sharoitlar xususida toʻxtaldi.
Yangi binolar energiyatejamkor konstruksiyalardan foydalangan holda, zamonaviy loyiha asosida bunyod etilgan boʻlib, barcha qulayliklarga ega. Hududda faoliyatini boshlagan maktabgacha taʼlim tashkilotida esa harbiylarning farzandlari taʼlim-tarbiya oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring