Harakat ishtirokchilari uchun yana bir qulaylik

14:51 10 Mart 2026 Jamiyat
179 0

Andijon shahrining eng gavjum va harakat juda zich boʻlgan hududlaridan biri Boburshoh koʻchasida yer usti piyodalar oʻtish koʻprigi qurilishi boshlandi. Mazkur hudud shahar transport harakatining asosiy nuqtalaridan biri boʻlib, bu yerdan bir sutka davomida 35 mingdan ziyod transport vositasi hamda qariyb 82 ming nafar piyoda harakatlanishi qayd etilgan.

-Ayni paytgacha ushbu yoʻl qismida transport oqimining yuqoriligi sabab tirbandliklar kuzatilib, piyodalar uchun yoʻlni kesib oʻtish muayyan qiyinchilik va xavf-xatarlar tugʻdirar edi,-deydi Andijon viloyati avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi xodimi Yulduzxon Mallaboyeva. -Shu bois yangi qurilayotgan yer usti piyodalar koʻprigi aholi, ayniqsa bolalar, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish imkoniyatini yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.

“Oʻzyoʻlkoʻprik” klasteri Andijon filiali tomonidan qurilishning dastlabki bosqichi olib borilmoqda. Bu jarayon kelgusida koʻprik tayanchlarini mustahkam barpo etish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Qurilish ishlari belgilangan texnik meʼyorlar va shaharsozlik talablariga muvofiq tarzda amalga oshirilmoqda.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер