Har bir viloyat, tuman va shahar hokimi yangi tashabbuslar koʻrsatishi, tadbirkorlarni topib, loyihalarni koʻpaytirish boʻyicha oʻzlarining aniq rejalariga ega boʻlishlari zarur — Prezident
Foto: president.uz
Prezident raisligida sanoat zonalari va yirik investitsiya loyihalari bilan bogʻliq masalalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Yigʻilishda sanoat zonalarini rivojlantirish borasida hududlarda qilinadigan ishlar koʻpligi koʻrsatib oʻtildi.
Jumladan, 96 ta kichik sanoat zonasining bosh rejasi haligacha tasdiqlanmagani bois ularda 3,5 trillion soʻmlik 648 ta tayyor loyihalar boshlanmasdan turgani taʼkidlandi.
Xuddi shunday, sanoat zonalari maydonlarining 37 foizi elektr, suv, gaz, yoʻl va kanalizatsiya bilan taʼminlanmagani tanqid qilindi.
Shuningdek, sanoat zonalarida loyihalarni boshlash uchun tadbirkorlar 5 ta bosqichli jarayondan oʻtib, 10 turdan ortiq hujjatlarni taqdim etishi lozim (bunga 3 oygacha vaqt sarflanmoqda).
Oqibatda hozirda Buxoroda 10 ta, Toshkent viloyatida 5 ta, Samarqand va Fargʻonada 1 tadan loyiha boshlanmasdan turibdi.
«Biz Taraqqiyot dasturimizda kelgusi besh yilda sanoatni 1,4 baravarga oshirishni maqsad qilganmiz. Bu – juda katta marra.
Shuning uchun, har bir viloyat, tuman va shahar hokimi yangi tashabbuslar koʻrsatishi, tadbirkorlarni topib, loyihalarni koʻpaytirish boʻyicha oʻzlarining aniq rejalariga ega boʻlishlari zarur», dedi davlat rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring