Har bir shahar, tuman hokimi fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, masalalarni ijobiy hal etishi zarur – Shavkat Abdurazzoqov

12:24 01 Dekabr 2021 Jamiyat
692 0

Foto: "Xalq so'zi"

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzokov viloyatdagi Prezident Xalq qabulxonasida navbatdagi sayyor qabulni oʻtkazdi. Koʻpchilik muammoli masalalar yechimida viloyat rahbari bilan boʻladigan yuzma-yuz muloqot joʻyali natija berishiga ishongan holda qabulga keladi. Bugun ham shunday boʻldi. Ikki yuzdan ortiq fuqaroning turli yoʻnalishdagi tashvishlari mutasaddi boshqarmalar, tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirokida koʻrib chiqildi.

– Aholi murojaatlari bilan ishlash boʻyicha tizimli ishlarning izchilligi taʼminlanadi,– dedi Sh. Abdurazzoqov. – Har bir shahar, tuman hokimi fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, masalalarni ijobiy hal etishi zarur.

Aytish lozimki, koʻplab hududlar singari Namanganda ham fuqarolar murojaatlari oʻsish tendensiyasi saqlanib qolmoqda. Bu barcha ijrochilarga hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etish, aholi murojaatlari bilan ishlash sohasida alohida masʼuliyat yuklaydi.

Fuqarolar sayyor qabuli va ochiq muloqot chogʻida koʻtarilgan masalalar ijrosini soʻzsiz taʼminlash Namangan viloyati hokimi hamda Xalq qabulxonasi nazoratiga olindi.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?