Har bir muammoga kompleks yechim
Davlatimiz rahbari asos solgan xalq bilan muloqot tizimi bugun minglab odamlarning yillar davomida hal etilmay kelayotgan masalasiga yechim topmoqda. Endi davlat idoralari quyiga, mahallaga tushib, fuqaro dardu tashvishlarini oʻrganayotgani, har bir muammoga kompleks yechim topayotgani, ayniqsa, aholi kayfiyatida, yashash sharoitining yaxshilanib borishida oʻzining ifodasini topmoqda. Bu oʻrinda ijtimoiy masalalarning yechim topishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Prezident Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarning ham salmoqli qismini ushbu yoʻnalishdagi muammolar tashkil etadi. Oʻtgan 2023-yil poytaxt tumanlarida ham bu borada keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Misol uchun, Chilonzor tumani “Katta Qozirobod” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi ijtimoiy koʻmakka muhtoj, qaramogʻida nogironligi bor farzandi boʻlgan, boquvchisi yoʻq Madina Akromova xonadoni oʻta taʼmirtalab holga kelib qolgan edi. Bemor farzandi bois hech qayerda ishlashga imkoni boʻlmagan, ayni paytda pensiyaga chiqqan onaxon oʻz uyini taʼmirlashga qurbi yetmadi. Uning murojaati tuman Xalq qabulxonasi tomonidan oʻrganilgach, homiylar jalb etilgan holda onaxonning uyi taʼmirlab berildi. Albatta, bunday eʼtibordan onaxon cheksiz minnatdor.
Uchtepa tumani “Jarbuloq” mahallasida istiqomat qiluvchi1993-yilda tugʻilgan Ravshan Yoʻldoshev uzoq yillar jigar sirrozi xastaligi bilan kurashib keldi. Ammo dard gʻolib kelib, bu navqiron yigitni toʻshakka mixladi. Uch nafar shirindan-shakar qizaloqlarning otasida zudlik bilan jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazish va xorijda davolatish zarur edi. Ammo bunga oilaning moddiy imkoni yoʻq.
Murojaatlardan soʻng “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan 156 million soʻm hisobiga Ravshan aka Hindistonga olib borilib, jigar transplantatsiyasi amaliyoti oʻtkazildi. Qaygʻuli kunlar ortda qoldi, qahramonimiz sogʻayish jarayonida. Oʻz farzandi bagʻriga qaytgan ota-onaning quvonchi cheksiz.
Shayxontohurlik Usmonali Qosimov va uning singlisi Hofiza Shamsiddinovalar bolalikdan nogiron. Usmonali umuman harakatlana olmaydi, tuman Xalq qabulxonasiga qilingan murojaatdan soʻng unga nogironlik aravasi ajratildi, shuningdek, bu ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilaga tuman Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan doimiy foydalanib borishlari uchun tadbirkorni jalb qilgan holda plastik karta berildi va har oyda 850 000 soʻmdan mablagʻ tushib turilibdi. Shuningdek bu nogironligi boʻlgan fuqarolar ota-onalari davlat tomonidan Umra ziyoratiga yuborildi.
Kamolon mahallasida tugʻma nogironligi boʻlgan Fotima va Zuhra Shavkatjonovalar yolgʻiz ona parvarishida. Bu oilaning ham yaqingacha oʻz oshyoni yoʻq edi, murojaatlardan soʻng subsidiya asosida shinam xonadon topshirildi. Bu qizaloqlar maxsus musiqa maktabida taʼlim olishmoqda, niyatlari sanʼatkor boʻlish.
Sergelidan murojaat qilgan Vladimer Neruskov ikki tomonlama tizza boʻgʻimlari koksartrozi bilan ogʻrib keladi, protezlash boʻyicha jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun yaxshigina mablagʻ zarur. Fuqaroning tuman Xalq qabulxonasiga qilgan murojaatidan soʻng unga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasidan 45 million soʻm ajratildi. Tez orada bu otaxonda jarrohlik oʻtkaziladi. Shuningdek, “Yangi Sergeli” mahallasida yashovchi qoʻl-oyoq falajligi kasalligi bilan 2021-yilda tugʻilgan Muhammad Ziyovuddinovni davolanishi uchun 16 million soʻm ajratildi.
Bundan tashqari, aholining kommunal masalalarga oid murojaatlariga ham ijobiy yechim topildi. Jumladan, Chilonzor koʻchasi 81-uyda yashovchi fuqarolarning tuman Xalq qabulxonasiga qilgan murojaatlari asosida mazkur uyning tom qismi toʻliq profnastil qoplamasi bilan yopildi, ushbu koʻp qavatli uy atrofi obod qiyofa kasb etdi, Shuningdek, Yakkatut mahallasidagi 20-21-22-23 uylarning muhandislik tarmoqlari yaxshilangach, issiqlik taʼminoti tiklandi
Maʼlumot oʻrnida shuni aytish kerakki, Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalariga 2023-yilda 169 ming 867 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, shundan 66 346 tasi ijobiy hal etildi, Murojaatlarning 18 ming 352 tasi ijtimoiy masalaga taalluqli boʻlib, 95 foizi, yaʼni 17,983 tasi ijobiy yechimini topdi.
Shahzoda ERGASHEVA,
OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti 2-bosqich talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring