Hanjou-2022: O‘zbekiston delegatsiyasi Para Osiyo o‘yinlarida medallar jamg‘arishda davom etmoqda
Xitoyning Hanjou shahrida IV Para Osiyo oʻyinlari start oldi. Oʻzbekiston delegatsiyasi musobaqaning birinchi kunini muvaffaqiyatli boshladi. Para-kanoe bahslarida hamyurtlarimiz Shahzoda Mamadaliyeva (VL3), Irodaxon Rustamova (VL2) hamda Azizbek Abdulhabibov (KL2) oʻz dasturlarida oltin medallarni qoʻlga kiritishdi.
Ayni paytda para-yengil atletika bahslarida medallar oʻynalmoqda. Hamyurtimiz Sarvar Azimov F32 klassida kechgan klab uloqtirish bahsida 39.13 metr bilan bronza medaliga sazovor boʻldi.
Para-yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Safiya Burxanova navbatdagi oltin medalni keltirdi. Ayollar oʻrtasida F12 klassida yadro uloqtirish dasturida ishtirok etgan hamyurtimiz 13.87 metr natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Para-taekvondo bahslarida ham delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi medal yozildi. Ayollar oʻrtasida -48 kg vazn toifasida finalgacha yetib borgan hamyurtimiz Ziyoda Isoqova kumush medalga sazovor boʻldi.
Para-dzyudo bellashuvlarida ham dastlabki medallar jamlanmasi oʻynaldi. Ayollar oʻrtasida J2 klassida -48 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Lobar Hurramova yakunda bronza medaliga egalik qildi.
Para-yengil atletika sportida yana bir yurtdoshimiz shohsupaga koʻtarildi. Erkaklar oʻrtasida T13 klassida 100 metr masofaga yugurish bahslarida qatnashgan Doniyor Ahmedov 11.35 soniya natija bilan marraga 3-boʻlib yetib keldi va bronza medaliga sazovor boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring