Hamzat Chimayev oʻrta vazn toifasida UFC chempioni boʻldi
Bugun, 17-avgust kuni AQSHning Chikago shahridagi “United Center” sport majmuasida UFC 319 turniri boʻlib oʻtdi. Uning markaziy jangida asli chechenistonlik hozirda BAA vakili boʻlgan Hamzat Chimayev janubiy afrikalik Drikyus Dyu Plessining chempionlik kamari uchun oktagonga chiqdi.
Oʻrta vazn toifasi (-84 kg) chempionligi uchun kechgan jang toʻliq 5 raund davom etdi. Bu vaznda amaldagi chempion Dyu Plessi boʻlishiga qaramay, Chimayev bahsni toʻliq ustunlikda oʻtkazdi. 31 yoshli daʼvogar barcha raundlarni yutgan holda promoushenning mazkur divizionidagi chempioniga aylandi.
Xamzat ushbu gʻalabasi uchun kafolatlangan gonorardan tashqari UFCʼning maxsus bonusiga ham loyiq koʻrildi.
Undan tashqari Leron Myorfi, Karlos Prates va Tim Elliot ham “eng yaxshi ishtirok uchun” 50 ming dollar miqdoridagi mukofot pullarini qoʻlga kiritdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring