Hamyonbop “Tesla” avtomobillari ishlab chiqarilishi mumkin
“Tesla” kompaniyasi kelajakda oʻzining arzon elektromobillarini taqdim etmoqchi. Bunga ayrim modellarni soddalashtirish orqali erishish koʻzda tutilgan. Bu haqda “36Kr” nashri xabar berdi.
Unga koʻra, kompaniya bir vaqtning oʻzida bir nechta qulay narxli elektrda yuruvchi avtomobillarni ishlab chiqarishni maqsad qilgan. Ulardan birinchisi “Model Y” krossoverining soddalashtirilgan versiyasi boʻladi. Bu mashina 2020-yildan buyon sotuvda boʻlib, qiymati 31,5 ming dollarni tashkil etadi.
Yangi arzon modelni Xitoyning “Gigafactory Shanghai” zavodida yigʻish va standart versiyadagi motor, shassi hamda akkumulyator bilan jihozlash koʻzda tutilgan.
Hozircha yangi elektromobilning aniq taqdim etilish sanasi va narxlari oshkor etilmagan. Mutaxassislar modelning hozirgi versiyasiga talab pasayishi bilan ishlab chiqarishni boshlashadi degan farazni ilgari surmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring