HAMAS sulhdan oldin Isroil bilan eskalatsiyani kuchaytirishga chaqirmoqda
Foto: Reuters
HAMAS vakili Ubayda Isroil bilan qarama-qarshilikni kuchaytirishga chaqirdi.
HAMAS harakatining qurolli qanoti “Al-Qassam” brigadasi vakili Abu Ubayda Isroil bilan qarama-qarshilikni kuchaytirishga chaqirdi.
U Gʻarbiy Sohil boʻylab va yahudiy davlati bilan barcha qarshilik jabhalarida eskalatsiyaga chaqirdi.
Uning murojaati 24-noyabr kuni ertalab boshlanishi kerak boʻlgan HAMAS va Isroil mudofaa kuchlari oʻrtasida eʼlon qilingan gumanitar sulh arafasida chiqdi. Oʻzaro kelishuvga koʻra Gʻazo sektoridagi oʻt ochish toʻrt kunga toʻxtatib turiladi.
Isroilning BMTdagi doimiy vakili Gilad Erdan BMT Xavfsizlik kengashi yigʻilishida HAMAS bilan jangovar harakatlardagi tanaffus tugaganidan soʻng, Isroil anklavdagi harbiy muammolarni hal qilishda davom etishini va Falastin harakatining salohiyati yoʻq qilinmaguncha toʻxtamasligini aytgandi.
“Hech qanday notoʻgʻri tushunchalar boʻlmasin: tanaffus tugashi bilan biz oʻz vazifalarimizni toʻliq kuch bilan bajarishda davom etamiz va HAMASning butun salohiyati yoʻq qilinmaguncha toʻxtamaymiz”, dedi Erdan.
Yaqin Sharqdagi vaziyat 7 oktabr kuni Gʻazo sektoridan Isroilga Falastinning HAMAS harakati jangarilarining kirib kelishi, Isroil bilan chegaradosh hududlar aholisining oʻldirilishi va 200 nafardan ortiq, jumladan, bolalar, ayollar va qariyalarning garovga olin olinishi bilan keskin yomonlashdi.
HAMAS hujumni Isroilning Quddusdagi Al-Aqso masjidiga qarshi harakatlariga javob deb atadi.
Shundan soʻng Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat urush holatida ekanligini eʼlon qildi. Mamlakat mudofaa kuchlarining javob operatsiyasi “Temir qilichlar” deb ataldi va uning maqsadi HAMASni yoʻq qilish hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring