Oʻzbekistonda “prava”siz mashina haydashga va rulda telefondan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

09:37 10 Avgust 2021 Hujjatlar
3603 0

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasida transport vositalari haydovchilariga qulayliklar yaratuvchi quyidagi yangiliklar koʻzda tutilgan:

haydovchilarga transport vositasini boshqarayotganda qoʻllarini ishlatmasdan muloqot qilish imkonini beruvchi minigarnituralar va boshqa texnik qurilmalar orqali telefondan foydalanish huquqi berilmoqda. Shuningdek, transport vositasini boshqarayotganda telefondan foydalanish huquqbuzarligini jazo qoʻllanilgandan soʻng bir yil davomida takroran sodir etilgandagi kuchaytirilgan javobgarlik chorasi bekor qilinmoqda;

avtomobil salonining old qismiga monitor (displey) oʻrnatganlik uchun maʼmuriy javobgarlik bekor qilinmoqda;

haydovchilarga, agarda ularning Oʻzbekiston Respublikasida berilgan biometrik pasporti yoki ID-kartasi yonida boʻlsa, transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarni, tex. pasportni, sugʻurta polisini yonida olib yurmasdan transport vositasini boshqarish huquqi berilmoqda;

Bunda, ushbu hujjatlar mavjudligi DYHXX xodimi tomonidan elektron tizim orqali transport vositasi toʻhtatilgan joyda mustaqil tekshiriladi. Mazkur yangilikni amaliyotga joriy qilish maqsadida Ichki ishlar vazirligiga kerakli integratsiya ishlarini 2021-yil 1-dekabrga qadar yakunlash vazifasi yuklatilmoqda.

Harakat tezligini oʻlchashda, tezlikni oʻlchaydigan maxsus qurilmalar tomonidan qayd etilgan tezlik koʻrsatkichlaridan qurilmalar tomonidan yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan soatiga 5 kilometrlik nuqsonni ayirib tashlash boʻyicha qoida joriy etilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?