Haftaning ikkinchi yarmida qor yogʻishi kutilmoqda
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 11-yanvardan 18-yanvar kuniga qadar kutilayotgan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Unga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 15-17-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 12-14-yanvarda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 15-16-yanvarda 0-5 daraja sovuq, 17-18-yanvarda 2-7 daraja sovuq, kunduzi 11-yanvarda 0-5 daraja iliq boʻladi, 12-13-yanvarda 7-12 daraja iliqqacha koʻtariladi, 14-yanvarda 3-8 daraja iliq boʻladi, 15-18-yanvarda 2 daraja sovuq — 3 daraja iliqqacha pasayadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi. 15-17-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 11-14-yanvarda 2-7 daraja iliq boʻladi, 15-18-yanvarda 3 daraja sovuq-2 daraja iliqqacha pasayadi, kunduzi 11-12-yanvarda 11-16 daraja iliq, 13-14-yanvarda 13-18 daraja iliq, 15-18-yanvarda 2-7 daraja iliqqacha pasayadi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 12, 15-yanvarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin, 16-17-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 11→14-yanvarda 0-5 daraja iliq, 15-yanvarda 2-7 daraja iliq boʻladi, 16-18-yanvarda 2 daraja sovuq — 3 daraja iliqqacha pasayadi, kunduzi 11-yanvarda 10-15 daraja iliq, 12-yanvarda 8-13 daraja iliq, 13-14-yanvarda 10-15 daraja iliq boʻladi, 15-18-yanvarda 2-7 daraja iliqqacha pasayadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 16-17-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 12-15-yanvarda 3-8 daraja iliq boʻladi, 16-18-yanvarda 2 daraja sovuq — 3 daraja iliqqacha pasayadi, kunduzi 12-yanvarda 13-18 daraja iliq, 13-14-yanvarda 15-20 daraja iliq boʻladi, 15-18-yanvarda 5-10 daraja iliqqacha pasayadi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 16-17-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 12-14-yanvarda 7-12 daraja iliq boʻladi, 15-18-yanvarda 2-7 daraja iliqqacha pasayadi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 12, 16-17-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 12-16-yanvarda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq boʻladi, 17-18-yanvarda 2-7 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 12-yanvarda 3-8 daraja iliq, 13-14-yanvarda 5-10 daraja iliq boʻladi, 15-18-yanvarda 3 daraja sovuq-2 daraja iliqqacha pasayadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring