Hafta oʻrtasida baʼzi joylarda qor yogʻishi kutilmoqda
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 11-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-11-dekabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 20-22 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 10-dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq; 11-dekabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq; 12-13-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-11-dekabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 20-22 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 10-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq; 11-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq: 12-dekabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq; 13-dekabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq Navoiy viloyati shimolida 10-dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, 11-dekabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq; 12-13-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 10-dekabrda kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 11-13-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 1-6 daraja iliq; 11-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq; 12-13-dekabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-dekabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq; 11-dekabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 16-21 daraja iliq; 12-dekabrda kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq; 13-dekabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 10-dekabrda kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 11-13-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq 11-dekabrda 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 12-13-dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, 12-dekabrda baʼzi joylarda 2 daraja sovuq gacha, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-dekabrda kechasi va kunduzi 2-7 daraja sovuq; 11-dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq; 12-13-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring