Hafta davomida yogʻingarchilik kuzatilishi kutilmoqda

15:44 09 Dekabr 2025 Jamiyat
281 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 9-12-dekabr kunlari uchun ob-havo prognozlarini eʼlon qildi. Unga koʻra, Oʻzbekiston boʻyicha hafta davomida yomgʻirli kunlar boʻladi.

Bugun, 9-dekabr kuni Oʻzbekiston boʻyicha yomgʻir yogʻadi. 10-dekabrda respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi.

11-dekabrda respublika shimolida va choʻl hududlarida baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, qolgan hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi.

12-dekabrda Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kechga tomon Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomgʻir yogʻadi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi shimolida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, shimolda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha, ayrim joylarda baʼzida 20-22 metr/sekundgacha kuchayadi.

9-10-dekabrda havo harorati kunduz kunlari 2-7 daraja iliq atrofida boʻladi, 11-12-dekabrda harorat asta-sekin 13-15 daraja iliqqacha, baʼzi joylarda 16-19 daraja iliqqacha koʻtariladi. 10-11-dekabrda harorat kechalari 0-5 daraja sovuq, shimolda 5-10 daraja sovuq, 12-dekabrda 2-7 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), 9-10-dekabrda baʼzi joylarda kuchli boʻladi. 9-dekabrda qor koʻchishi xavfi bor.

Toshkent shahrida 9-dekabrda kechasi va ertalab, 10-dekabrda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Harorat kechalari 0-2 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduz kunlari 4-7 daraja iliq boʻladi. 11-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 12-dekabrga kechga tomon yomgʻir yogʻadi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushadi. Harorat 11-dekabrda kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 8-10 daraja iliq, 12-dekabrda kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 12-14 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер