Hafta davomida havo harorati 25 darajagacha koʻtariladi
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 16-20-fevral kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Unga koʻra, bugun va ertaga Oʻzbekiston boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, faqat shimoli-gʻarbiy hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin, havo harorati asosan kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.
18-20-fevral kunlari respublika hududi boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi. Kunduz kunlari havo 20-25 daraja iliqqacha isiydi, kechalari 7-12 daraja iliq atrofida boʻladi. Mamlakat boʻylab baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 23-23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida 16-18-fevral kunlari vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik boʻladi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Togʻlarda qor koʻchishi xavfi bor.
Toshkent shahrida 16-fevral kuni kunduzi vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, harorat 17-19 daraja iliq boʻladi. 17-fevralda kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi, havo harorati 15-17 daraja iliq boʻladi.
18-20-fevral kunlari esa harorat asosan kechalari 9-12 daraja iliq, kunduz kunlari 22-25 daraja iliq boʻladi. Shamol sharqdan birozdan oʻrtacha tezlikkacha esadi. Yogʻingarchilik kutilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring