Habib Nurmagomedov UFC rahbari bilan uchrashdi. Endi u qaytadimi?

00:03 16 Yanvar 2021 Sport
1496 0

Foto: AP

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov  UFC rahbari Deyn Uayt bilan uchrashdi.

Uchrashuv videolavhasini Uayt oʻzining «Tvitter»dagi sahifasida joylashtirgan. Ammo u  uchrashuv tafsilotlari haqida maʼlumot bermagan.

Nurmagomedov oʻtgan yilning dekabr oyida shu yilning yanvarida Uayt bilan uchrashish  rejalashtirilganini aytgan edi.

Oldinroq UFC rahbari Habib Nurmagomedovning yana sportga qaytishi mumkinligi haqida gapirgan edi.

Kelasi oy uchrashamiz va gaplashamiz. U endi jang qilishni xohlamasligi mumkin. Men bu savolga aniq javobni bilmayman. Lekin uni koʻndirishga umid qilaman», degan edi oʻshanda Uayt.

Habib Nurmagomedov 2020-yilning 24-oktyabr kuni AQSHlik Jastin Geydji qarshi oʻtkazib, gʻalabaga erishgandi va sportni tark etganini maʼlum qilgan edi. Ayni paytda Nurmagomedovning hisobida 29 gʻalaba bor. 

UFC rahbarining aytishicha, sportchi oʻttiz jangda gʻalaba qozonishni istaydi. Bu uning otasi Abdlumannap Nurmagomedovning xohishi boʻlgan.

 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?