Habib Nurmagomedov Toshkentga keldi

11:17 01 Dekabr 2020 Sport
1789 0

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov Toshkentga yetib keldi. Maʼlumotlarga koʻra, bugun u ishtirokida Milliy olimpiya qoʻmitasida matbuot anjumani tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda UzReport manbasi xabar berdi. 

Eslatib oʻtamiz, Habib Nurmagomedov Jastin Geytjiga qarshi jangdan soʻng faoliyatini yakunlashini eʼlon qilgandi. Keyinchalik esa Habib faoliyatini tiklashi mumkinligi haqida xabarlar paydo boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?