“Gullar festivali” gʻolibiga «Damas» beriladi
Sirdaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan joriy yilning 25-avgust kuni xalqimizning Eng ulugʻ, Eng aziz bayrami — Mustaqillik kuniga bagʻishlab Guliston shahrida tuman va shahar hokimliklari, viloyatdagi korxona va tashkilotlar oʻrtasida “Gullar festivali” koʻrik-tanlovi oʻtkazilishi rejalashtirildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu koʻrik-tanlovda mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoaga oliy mukofot – «Damas» avtomobili topshiriladi.
Bundan tashqari, tanlovda 1-oʻrinni egallagan 2 jamoaning har biriga 20 million soʻmdan, 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan 2 jamoaga 10 million soʻmdan va 3-oʻrin sohibi boʻlgan 2 jamoaning har biriga 5 million soʻmdan pul mukofotlari topshiriladi.
Koʻrik-tanlov gʻolib va sovrindorlariga mukofotlar Mustaqillik bayrami arafasida tantanali taqdirlash marosimida topshirilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ramazon va tibbiy yondashuv: kimlar ehtiyot boʻlishi kerak?
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring