Grossmeysterlikni qoʻlga kiritgan har bir ayol shaxmatchi 100 ming AQSH dollari oladi – Jin Kerns Sinkfild
Foto: AP
Sent-Luis shaxmat klubi AQSHda ayollar shaxmatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi tashabbusni eʼlon qildi. Ular 2029-yil 4-iyulgacha grossmeyster unvoniga erishgan 5 nafar amerikalik ayol shaxmatchiga 100 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli berishmoqchi.
Bu haqda klub hammuassisi Jin Kerns Sinkfild “Cairns Cup” ochilishida “Cairns Chess Queens” mukofoti taqdimotida maʼlum qildi.
Maʼlumot uchun aytib oʻtamiz, hozirda dunyoda 1826 nafar grossmeyster bor, biroq ularning atigi 42 nafari ayollardir.
2018-yildan beri faqat besh nafar ayol grossmeyster unvoniga sazovor boʻldi. Eng soʻnggi bu unvonga sazovor boʻlgan shaxmatchi hindistonlik Vaishali Rameshbabudir.
Tashabbus koʻproq amerikalik ayollarni grossmeyster unvoniga erishishga ilhomlantirishga qaratilgan. Bu unvonni qoʻlga kiritgan birinchi va yagona amerikalik ayol Irina Krush tashabbusni yoshlar uchun katta motivatsiya sifatida yuqori baholadi.
Hozirda Karissa Shiven Yip, Elis Li va Enni Van kabi amerikalik iqtidorli ayol shaxmatchilar grossmeyster unvoniga erishishga yaqin turibdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring