Grenlandiyada dunyodagi eng yirik muzlik toshqinlaridan biri yuz berdi

16:59 14 Dekabr 2024 Dunyo
396 0

Kopengagen universiteti (Daniya) olimlari birinchi marta noyob tabiat hodisasi – Grenlandiyada muzlik toshqinini kuzatdi. Bir necha hafta ichida orolning sharqiy qismidagi koʻldan 3 trillion litrdan ortiq erigan suv oqib chiqdi. Tadqiqot erigan suvlar yuzaga kelishi mumkin boʻlgan “katta va potensial xavfli kuchlar”ga ishora qildi.

Sharqiy Grenlandiyadagi Katalina koʻli butun Daniyaning yillik suv isteʼmolidan uch baravar koʻp hajmga ega. Undan Scoresby Soundga 3,4 kub kilometr erigan suv quyildi.

Bu holat tarixdagi eng yirik uchta voqeadan biri edi.

Ilgari mutaxassislar muzlik toshqinlari izlarini topishgan, biroq qutbli tun va yuqori bulut qoplami tufayli ularni kuzata olmagan. Katalina koʻli hodisasini sunʼiy yoʻldosh tasvirlari yordamida real vaqt rejimida voqealarni kuzatish va chiqarilgan suv hajmini oʻlchashga yordam berdi.

Katalina koʻlida 20-yil davomida erigan suv toʻplangan. U ulkan Edvard Beyli muzligi bilan qoplangan vodiyda joylashgan. Koʻl toʻlgandan soʻng, suv muzlikni koʻtara boshladi va uning ostida 25 km uzunlikdagi tunnel hosil qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер