Goʻsht yetishtirishda Qashqadaryoning peshqadamligi hammaga maʼlum, ikkinchi oʻrinda kim?

Statistika agentligi 2024-yilda Oʻzbekistonda yetishtirilgan goʻsht miqdori va hududlar kesimidagi taqsimoti qanday boʻlganini maʼlum qildi. Agentlikka koʻra, yurtimizda jami 2,9 million tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirildi. Ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 3,9 foizga oshgan.
Barchaga maʼlum boʻlganidek, hududlar kesimida Qashqadaryo viloyati goʻsht yetishtirish boʻyicha yetakchilikni qoʻlga kiritdi. Viloyatda 345,9 ming tonna goʻsht yetishtirilgan boʻlib, bu umumiy hajmning eng katta qismini tashkil etgan. Ikkinchi oʻrinda Samarqand viloyati 326,9 ming tonna goʻsht hosili bilan, uchinchi oʻrinda esa Buxoro viloyati 312,7 ming tonna goʻsht hajmi bilan qayd etildi.
Toshkent viloyati ham yuqori koʻrsatkichlarga erishgan boʻlib, viloyatda 312,3 ming tonna goʻsht yetishtirilgan. Shuningdek, Jizzax viloyati 246,8 ming tonna, Surxondaryo viloyati esa 220 ming tonna goʻsht yetishtirgan holda katta hissa qoʻshgan.
Respublika boʻyicha eng kam goʻsht yetishtirilgan hududlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi (129,8 ming tonna) va Sirdaryo viloyati (80,4 ming tonna) boʻldi. Bu koʻrsatkichlar hududlarning qishloq xoʻjaligi salohiyati va yer-iqlim sharoitlari bilan bogʻliqdir.
Ushbu raqamlar Oʻzbekistonda goʻsht ishlab chiqarishning oʻsish surʼatlarini va qishloq xoʻjaligidagi samaradorlikni aks ettiradi. Bu esa, aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash yoʻlidagi muhim qadamlardan biridir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring