“Gʻofur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi hududi buzilib, oʻrniga turar-joy majmuasi qurilmoqda”mi? —vaziyatga oydinlik kiritildi
Bir necha kundan buyon ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab boʻlayotgan “Gʻofur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi hududi buzilib, oʻrniga turar joy majmuasi qurilmoqda”, degan mazmundagi xabar tarqaldi. Madaniyat vazirligi ushbu holatga oydinlik kiritdi.
"Shuni maʼlum qilamizki, bu asossiz xabar.

Yaʼni chindan ham bogʻ hududida ish jarayoni boshlangan. Ammo turar-joy majmualari qurilmayapti, aksincha, bogʻda yengil konstruksiyali inshootlarni buzish (demontaj) ishlari olib borilmoqda.
Ishlab chiqilgan yangi loyihaga koʻra, bogʻ hududida turar-joy inshootlari qurilmaydi.
Shuningdek, obyekt hududidagi texnik jihatdan eskirgan attraksion hamda oʻyin qurilmalarini olib chiqish boʻyicha barcha tadbirkorlar ogohlantirilgan va ushbu talabga ular tomonidan eʼtiroz bildirilmagan.
Taʼkidlab oʻtamizki, olib borilayotgan rekonstruksiya jarayonida bogʻ hududidagi suv havzasi, daraxtlar va boshqa oʻsimliklarga ziyon yetmagan, ular doimiy ravishda parvarish qilinmoqda" deyiladi vazirlikning rasmiy bildirishida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring