Global ishlab chiqaruvchilarga AQSHda joriy etilgan bojlar Oʻzbekiston uchun foydali boʻlishi mumkin
AQSH hukumati joriy qilgan yangi bojxona tariflari global savdoga jiddiy taʼsir oʻtkazadi. Bu Oʻzbekiston uchun eksport imkoniyatlarini kengaytirish imkoni boʻlishi ham mumkin. Bu haqda prezidentning JST boʻyicha maxsus vakili Azizbek Urunov oʻz “LinkedIn” sahifasida maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, AQSH qoʻygan bojxona toʻlovlari uch toifaga ajratilgan boʻlib, Oʻzbekiston 10% qoʻshimcha boj stavkasi joriy etilgan mamlakatlar qatoriga kiritilgan. Biroq asosiy global ishlab chiqaruvchilar, jumladan, Xitoy (64%), Vyetnam (46%) va Hindiston (26%) uchun sezilarli darajada yuqori bojlar belgilangan.
Ushbu vaziyat davlatimizning qiyosiy ustunlikka ega boʻlgan toʻqimachilik va tayyor mahsulotlar eksporti kabi sohalarida yangi imkoniyatlar yaratishi mumkin. Shuningdek, AQSH bozorida raqobatchi davlatlarning mahsulotlari qimmatlashgani sababli Oʻzbekiston mahsulotlariga talab oshishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring