Gʻijduvonda madaniyat markazi barpo etilmoqda
Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Nechogʻli gʻayritabiiy tuyulmasin, shu paytga qadar Gʻijduvonda madaniyat markazi yoʻq edi. Nihoyat, tuman madaniyat sohasi xodimlarining, sanʼatsevarlarning koʻp yillik orzusi ushaladigan boʻldi. Chorsu mahallasida qoʻsh qavatli zamonaviy bino qad rostlayapti.
— Madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish, aholining boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishda bu markaz alohida oʻrin tutadi, — deydi madaniyat sohasida uzoq yillardan buyon faoliyat koʻrsatib, elda obroʻ-eʼtibor topgan mehnat faxriysi Rajab Avezov. — Qolaversa, bu markaz yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarishda asqatadi. Umid qilamizki, madaniyat va sanʼat sohasidagi eng yaxshi anʼanalarning davomchilari maydonga chiqadi.
Yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi kutilayotgan markazda xalq havaskorlik jamoalari, yoshlarning amaliy va tasviriy sanʼat sohasida oʻz mahoratlarini oshirishlari uchun zarur barcha qulayliklar yaratilyapti. Salkam bir gektarli markazda kinoteatr, tomosha zali, turli toʻgaraklar faoliyat yuritadi. Bu yerda bir paytning oʻzida 200 nafardan ziyod oʻgʻil-qiz madaniyat va sanʼatning u yoki bu yoʻnalishi bilan shugʻullanishi mumkin. Oʻttiz nafarga yaqin ijodiy xodim, pedagog ularga saboq beradi.
Taʼkidlash kerakki, bu inshoot davlatimiz rahbarining 2024-yilning 31-may – 1-iyun kunlari Buxoro viloyatiga qilgan tashrifi samarasidir. Oʻshanda Prezidentimiz Gʻijduvonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tuman markazining meʼmoriy qiyofasini yangilash yuzasidan tegishli topshiriqlar bergan, “Buxoro agroklaster” paxta-toʻqimachilik klasterining madaniyat markazi barpo etish borasidagi tashabbusini qoʻllab-quvvatlagan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring