Germaniyadagi nufuzli xalqaro turnirda oʻzbek chavandozi gʻalaba qozondi

11:41 12 Iyun 2021 Sport
1107 0

Shu yilning 9-10-iyun kunlari Germaniyaning Xagen shahrida joylashgan “Hof kasselman Hagen” ot sporti majmuasida ot sportining konkur, yaʼni toʻsiqlardan sakrash yoʻnalishi boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida CSIY “Future Champions” xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Ushbu xalqaro musobaqada 22 ta davlatdan tashrif buyurgan 363 nafar chavandoz ishtirok etdi. Musobaqaning dastlabki kunida ot sporti boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, yosh va isteʼdodli chavandoz Abdurahmon Abdullayev «Dukato» laqabli otida balandligi 140 sm boʻlgan toʻsiqlardan sakrash musobaqasida eng yuqori natija koʻrsatib, 1-oʻrinni egalladi.

Musobaqaning ikkinchi kuni ham mohir chavandozimiz Abdurahmon Abdullayev uchun omadli keldi. U «Goforit» laqabli otida eng yaxshi natijalardan birini qayd etib, bu safar faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?