“General Motors” 5000 kishini ishdan boʻshatishni rejalashtirmoqda

15:27 05 Aprel 2023 Dunyo
803 0

Illyustrativ foto

Amerikaning “General Motors” avtomobilsozlik kompaniyasi oʻz xodimlariga tovon puli bilan ixtiyoriy ravishda ishdan boʻshatish dasturini yoʻlga qoʻymoqda.

Ishlab chiqaruvchi ushbu dastur yordamida 5 mingta ish oʻrnini qisqartirishni rejalashtirgana. Bu orqali kompaniya 2023-yildan yiliga 1 milliard dollarni iqtisod qilishni moʻljallagan.

“General Motors” mablagʻni tejashga majbur. Chunki kompaniya keyingi bir necha yil ichida yangiliklarni joriy etish va ichki yonuv dvigatellaridan elektr dvigatellariga oʻtish uchun 35 milliard dollar sarmoya kiritmoqchi. Xususan, 2025-yilga borib “General Motors” elektr modellar sonini 30 taga yetkazishni moʻljallamoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер