Gender tenglikka erishish boʻyicha maqsadli vazifalar belgilab olindi

Foto: Abdumutalib Toyirov / “Xalq soʼzi”
Senatning elliginchi yalpi majlisida 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning ijrosi hamda 2024-yilda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.
Dastlab, 2023-yilda gender tenglikni taʼminlash hamda ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish yuzasidan qilingan ishlar sarhisob qilindi.
Taʼkidlanganidek, sohada 13 ta normativ-huquqiy hujjat (shundan 3 tasi Qonun, 4 tasi Prezident farmoni va qarori, 6 tasi Hukumat qarori) qabul qilingan.
Xususan, xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan.
Jumladan, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik sodir etganlarga nisbatan javobgarlik choralari kuchaytirilgan. Ushbu toifadagi jinoyatlar uchun qonunchilikda koʻzda tutilgan yengilliklar berilmasligi, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish, yarashganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish kabi choralar qoʻllanmasligi qatʼiy belgilab qoʻyilgan.
Shuningdek, Saylov kodeksiga siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar koʻrsatilayotganda ayollar sonining eng kam miqdorini nomzodlar umumiy sonining 30 foizdan 40 foizga oshirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilgan.
Bundan tashqari, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 262,2 ming nafar xotin-qizga 4,5 trln soʻm miqdorida kredit, ishsiz va ijtimoiy daftarlarda roʻyxatda turuvchi 27 mingdan ziyod xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, oʻzini oʻzi band qilish uchun 118,5 mlrd soʻm subsidiyalar ajratilgan.
Davlat boshqaruvi akademiyasida rahbar xotin-qizlarni tayyorlash boʻyicha 60 soatlik malaka oshirish kurslari tashkil etilib, unda 319 nafar xotin-qiz oʻqitilgan.
Shu bilan birga, majlisda ijro muddati ortda qolgan ayrim masallar tanqidiy muhokama qilinib, tegishli vazirlik va idoralarga tegishli koʻrsatmalar berildi.
Xususan, xalqaro standartlar va normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalasini oʻrganish, mehnat sohasidagi gender statistikasi maʼlumotlarini xalqaro tavsiyalarga muvofiq takomillashtirish, iqtidorli yosh xotin-qizlarni yuqori nufuzli idoralarda stajirovka oʻtash qamrovini kengaytirish zarurligi aytib oʻtildi.
Majlis davomida 2024-yilda Gender tenglikka erishish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi koʻrib chiqildi.
Dasturda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlashga qaratilgan qonunchilik asoslarini takomillashtirish, xotin-qizlarning ilmiy va startap gʻoyalarini roʻyobga chiqarish koʻnikmalarini shakllantirish, ularni ilmiy-innovatsion faoliyatga keng jalb etish kabi masalalar qamrab olinganligi qayd etildi.
Senatorlar ushbu Dastur milliy va xalqaro majburiyatlarni bajarishga koʻmaklashishga xizmat qilishini taʼkidlab, unda belgilangan vazifalar, tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirish hamda bu boradagi ishlarni kuchaytirish muhimligi yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Mazkur masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.
Foto: Abdumutalib Toyirov / “Xalq soʼzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring