Gʻazoda mojaro boshlanganidan buyon 50 ming bola halok boʻlgan yoki yaralangan – YUNISEF vakili
Isroil va HAMAS oʻrtasidagi janglar boshlanganidan beri Gʻazo sektorida 50 mingga yaqin bola halok boʻlgan yoki yaralangan. Bu haqida YUNISEF ijrochi direktori oʻrinbosari Kitti van der Xeyden Yaponiyaning “NHK” telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.
YUNISEF vakili Kitti van der Xeyden mojaroning barcha tomonlarini zoʻravonlikni toʻxtatishga va BMT xodimlariga Gʻazoga yordam yetkazishni davom ettirishga ruxsat berishga chaqirgan. Shuningdek u, hozirgi global vaziyatni bolalik uchun eng yomon davr deb bilishini hamda dunyo boʻylab har olti nafar boladan bir nafari mojarolarda yashayotganini aytib oʻtgan.
Kitti van der Xeydenning qoʻshimcha qilishicha, joriy yilning mart oyida Isroil hukumati Gʻazoda toʻliq blokada oʻrnatganidan buyon BMT boshchiligidagi yordamchi kuchlar hududdagi yordamga muhtoj mahalliy aholi vakillariga gumanitar yordam koʻrsatishda turli toʻsiqlarga uchragan.
“Gʻazoda odamlar, ayniqsa bolalarning toʻyib ovqatlanmaslik holatlari kuchayib bormoqda. Sogʻliqni saqlash tizimi esa butkul tanazzul yoqasida”, — deydi u.
Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Isroilning Gʻazoga qarshi urushi davomida halok boʻlganlar soni 55 ming nafardan, jarohatlanganlar soni esa 126 ming nafardan ortgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring