Gʻazoda 300 mingdan ortiq falastinliklar surunkali kasallikdan aziyat chekmoqda
Gʻazodagi 300 mingdan ortiq falastinliklar turli surunkali kasalliklardan aziyat chekmoqda, deb xabar berdi “Al Jazeera” nashri.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gʻazodagi ekspertlari va tibbiyot xodimlari hamda xayriya tashkilotlari uzoq vaqtdan buyon Isroil kuchlarini Gʻazodagi tibbiyot xodimlari va tibbiyot muassasalarini qasddan nishonga olganlikda ayblab keladi.
Ekspertlarning fikricha, Isroil kuchlarining bunday harakatlari Falastin aholisi uchun yashash sharoitlarini yaroqsiz qilishga qasddan urinish sifatida baholanmoqda.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti payshanba kuni Falastin sogʻliqni saqlash tizimi izdan chiqqani haqidagi bayonotini eʼlon qilar ekan, mamlakatda 300 mingdan ortiq aholi vakillari surunkali kasalliklardan aziyat chekayotganini maʼlum qilgan.
Isroil blokadasi tufayli Gʻazoga kelayotgan insonparvarlik yordamlari, jumladan, oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon hamda tibbiy buyumlar manzilgacha yetib bormasdan chegara punktlarida qolib ketmoqda. Bu holat mamlakatdagi barcha sohalarga jiddiy taʼsir oʻtkazmoqda.
Soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, Isroilning Gʻazoga qarshi urushi davomida kamida 54 ming 677 nafar falastinlik halok boʻlgan. 125 ming 530 nafari esa turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring