Gʻazo sektorida toʻrt kunlik sulh pauzasi boshlandi

10:26 24 Noyabr 2023 Dunyo
216 0

Gʻazo sektorida Isroil va HAMAS oʻrtasida toʻrt kunlik sulh kuchga kirdi. Kun davomida jangarilar birinchi isroillik garovga olinganlarni, taxminan, mahalliy vaqt bilan soat 16:00 da ozod qilishlari kerak.

Qatar rasmiylari, shuningdek, Misr va AQSH asosiy vositachi hisoblangan kelishuv doirasida quyidagilar amalga oshirilishi kerak:

— HAMAS jangarilari bugun 13 nafar isroillik garovga olinganlarni ozod qiladi. Hammasi boʻlib kamida 50 kishi ozod qilinishi rejalashtirilgan;

— 39 nafar falastinlik mahbuslar, ayollar va voyaga etmaganlar (jami 150 nafar) Isroil qamoqxonalaridan ozod qilinadi;

— Gʻazo sektoriga Misr bilan chegaradagi Rafah nazorat punkti orqali koʻproq insonparvarlik yordamlari kiritila boshlaydi. Har kuni insonparvarlik yordami bilan birga 130 ming litr dizel yonilgʻisi va 200 ta yuk mashinasi joʻnatish rejalashtirilgan.

BBCʻning xabar berishicha, Isroilning Gʻazo sektori ustidagi barcha havo harakati (jumladan, dronlarni kuzatish) garovga olinganlar ozod etilishidan olti soat oldin toʻxtatiladi.

Isroillik garovga olinganlar avval Misrga, falastinlik mahbuslar esa Falastin maʼmuriyati nazorati ostidagi Gʻarbiy Sohilga yetkaziladi.

OAV xabarlariga koʻra, Isroil hukumati falastinliklarni oʻz fuqarolarini koʻrmaguncha ozod qilmasliklarini maʼlum qilgan.‌‌

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер