“Garvardchilar” maktabi Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida ish boshlagani aytildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
“Garvardchilar” maktabi Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida faoliyatini boshlab yubordi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvida maʼlum qilindi.
Ushbu xalqaro maktabga bu yilgi 8-sinf bitiruvchilari orasidan 60 nafar oʻquvchi saralab olinadi va 3 ta yoʻnalishda oʻqitiladi. Kelgusida oʻquv oʻrinlari karrasiga koʻpaytiriladi.
Umuman, milliy dastur asosida har yili eng salohiyatli 3 ming oʻquvchi seleksiya qilinib, Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi dunyoning nufuzli oliygohlariga tayyorlanadi.
Shundan kamida 300 nafari ehtiyojmand oila farzandlari boʻladi.
“Taʼlim – kelajak sarmoyasi” degan ezgu gʻoya jamiyatimizda katta harakatga aylanmoqda.
Yaqinda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyati takomillashtirildi. Endi top-300 talik oliygohga kirganlar uchun oʻqish va yashash xarajatini qoplash tizimi yangi tartibda ishlay boshlaydi.
Eng avvalo, STEM yoʻnalishlari (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika), energetika, transport, urbanizatsiya, arxitektura, qurilish, qishloq va suv xoʻjaligi kabi drayver sohalar uchun kvotalar bir necha karra oshiriladi.
Endilikda banklar top-300 talik oliygohga kirgan yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli taʼlim krediti beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring