Gʻayrat Fozilov Ruminiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Kristian Chobanu bilan uchrashdi

10:01 17 Dekabr 2022 Siyosat
612 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

2022-yilning 16-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Gʻayrat Fozilov Ruminiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Kristian Chobanu bilan uchrashdi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, turizm va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Ishbilarmon doiralar vakillari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish, tadbirkorlar tashriflarini tashkil etish va qoʻshma biznes-forumlar oʻtkazishdan oʻzaro manfaatdorlik bildirildi.

Parlamentlararo aloqalarni chuqurlashtirish davlatlararo hamkorlikning muhim vositasi ekani qayd etildi. Shu nuqtayi nazardan, ikki davlat qonun chiqaruvchi organlari oʻrtasida norma ijodkorligi, qonunchilik bazasini takomillashtirish va boshqa sohalarda muloqotni faollashtirish muhimligi qayd etildi.

2023-yilda turli daraja va shakllarda boʻlib oʻtadigan ikki tomonlama tadbirlar jadvali yuzasidan taklif va fikr almashildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?