Futzalchilarimiz Osiyo Kubogini gʻalaba bilan boshlashdi

Shu kunlarda Tailandda futzal boʻyicha navbatdagi Osiyo Kubogi bahslari boʻlib oʻtmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan qitʼamizning 16 terma jamoasi gʻoliblik uchun kurash olib bormoqda.
Qurʼaga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi «B» guruhidan joy olgan boʻlib, keyingi bosqichga chiqish uchun Saudiya Arabistoni, Iroq va Avstraliyaga qarshi bahs olib bormoqda.
Kecha vakillari musobaqa doirasidagi birinchi uchrashuvni Avstraliyaga qarshi oʻtkazdi. Keskin kurashlarga boy oʻtgan oʻyinda vakillarimiz 3:2 hisobida gʻalabaga erishdi. Jamoamizga gʻalabasini taʼminlagan gollarni Akbar Usmonov va Dilshod Rahmatov raqib darvozasiga kiritdi. Avstraliyaning javob toʻplari Ueyd Jovenali va Tayler Garner nomiga yozildi.
Oʻzbekiston — Avstraliya 3:2
Gollar: Akbar Usmonov 21, Dilshod Rahmatov 21, 36 — Ueyd Djovenali 5, Tayler Garner 38.
Oʻzbekiston: 12. Abbos Elmurodov, 4. Ixtiyor Ropiyev, 6. Ilhomjon Hamroyev, 8. Husniddin Nishonov, 9. Elbek Toʻlqinov.
Zaxira: Anvarov, Botirov, Adilov, Joʻrayev, Rahmatov (s), Usmonov, Axmetzyanov, Hudoyberdiyev, Berkinov.
Avstraliya: 1. Domenik Badolato. 5. Jordan Gerreyro, 6. Ueyd Jovenali, 8. Daniel Fornito, 10. Shervin Keshavars Adeli.
Zaxira: 2. Tayler Garner, 3. Adam Styuart Kuper, 4. Dominik Koks, 7. Skott Rogan, 9. Grant Linch, 11. Itan de Melo, 12. Aaron, 13. Maykl Kouta, 14. Jeymi Dib.
Oʻzbekiston terma jamoasi 19-aprel kuni Iroq terma jamoasiga, 21-aprel kuni esa Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Har ikki uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.
Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, Oʻzbekiston terma jamoasi futzal boʻyicha Osiyo Kuboklarida 4-marta kumush, 5-marta bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring